Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 20 yoshli qiz tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomadagi ismini o’zgartirishni so’rab ko’chma FHDYo bo’limiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Narodnoe slovo”.
Ma’lum bo’lishicha, qiz 20 yil Shafoatov Olim ismi ostida yashab kelgan. Bunday guvohnoma qizga xato bilan berilgan, ota-onasi uni darhol payqamagan va uni tuzatishga shoshilmagan, chunki eng yaqin FHDYo ularning qishlog’idan 180 km uzoqlikda joylashgan bo’lgan.
FHDYo boshlig’i xato tuzatilib, qizga Shafoatov Muqaddam ismli yangi guvohnoma berilganligini aytdi.
Izohlarni ko`rish