«Roma» variantlarni ko'rib chiqmoqda

«Real» yarim himoyachisi Isko «Roma»ga o’tishi mumkin, deb xabar beradi RomaPress.

Manba bergan xabarga ko’ra, futbolchining vakillari Italiya klubiga uning xizmatlarini taklif qilishgan. Yarim himoyachi rimliklarga tekinga tushishi mumkin, chunki uning «qirollik klubi» bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi. Isko «Inter»ga o’tishga yaqin turgan Genrix Mxitaryanning o’rniga mo’ljallanmoqda.

30 yoshli Isko joriy mavsumda «Real» safida barcha turnirlarda 17 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.