«Sevilya» klubi qishki transfer oynasida Isko bilan xayrlashdi. 30 yoshli ispaniyalik futbolchi 2022 yilning yozida erkin agent sifatida «Real»dan Andalusiya klubiga o’tgandi.
Isko o’tgan yarim mavsum davomida «Sevilya» safida barcha turnirlarda 19 o’yinda bitta gol va 3ta assistga mualliflik qilgan. Uning amaldagi kelishuvi 2024 yilga qadar imzolangan edi.
Avvalroq, Iskoga «Vulverhempton» qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi. Ushbu jamoani andalusiyaliklarning sobiq murabbiyi Xulen Lopetegi boshqarmoqda.
Izohlarni ko`rish