FIFA prezidenti har uch yilda jahon chempionatini tashkil etmoqchi

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionatini har uch yilda bir marta o’tkazishni istaydi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Infantinoning fikricha, qishda jahon chempionati tashkil etilgani o’ziga xos voqea bo’lgan va bu sportning o’sishida muhim omil. Infantinoning uzoq muddatli maqsadi – har uch yilda bir marta jahon chempionati, boshqa yillarda klublar o’rtasidagi jahon chempionati va qit’a musobaqalarini o’tkazish bilan birga, yangi turnir tashkil etishdan iborat.

 

Qayd etish joizki, bunday o’zgarishlar 2030 yilgi jahon chempionatidan keyin sodir bo’lishi mumkin. 2024-2030 yillar uchun xalqaro futbol taqvimi bo’yicha muzokaralar deyarli yakuniga yetdi.