Maqolamizni ko’pchilikni chalg’itadigan savol bilan boshlamoqchimiz: Kushadasi qaerda? Izmirdami yoki Aydindami?
Kushadasi 1957 yilgacha Izmirning tumani, Selchuk esa Kushadasiga tutash shaharcha edi. 1957 yilda Kushadasi Aydin viloyatiga, Selchuk esa Izmirga ulandi. Turkiyaning Aydin viloyatiga qarashli Kushadasi ham Turkiyaning ilg’or turizm markazlaridan biridir. 1960 yillarga borib taqaladigan o’zining turizm tarixi bilan yoz oylarida 110 mingga yaqin aholisi bor paytlarda tashrif buyurgan sayyohlar hisobiga 2 milliongacha aholiga ega bo’lgan eng mashhur dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.
Kushadasida ziyorat qilinadigan tarixiy joylar
Kurshunlu monastiri
Kushadasining Davutlar qishlog’idan 10 km uzoqlikda joylashgan Kurshunlu monastiri, dushmanlar hujumidan himoya qilish uchun toshli va o’rmonli hududda qurilgan. XI asrda Vizantiyaliklar tomonidan qurilgani taxmin qilingan Kurshunlu monastiriga Guzelchamlidan ham borish mumkin. Biroq, u Davutlar orqasidagi tepalikda joylashgani uchun, albatta, yo’lni biladigan odamdan yo’nalish zarar qilmaydi.
Guverjinada qal’asi
Kushadasining ramzi bo’lgan Guverjinada qal’asi Barbaros Hayrettin Posho tomonidan Yilanjiburnudan olib kelingan toshlar bilan qurilgan qal’a va Pelopon qo’zg’oloni paytida dengizdan hujumlarga qarshi chora sifatida Ilyas og’a tomonidan qurilgan qal’a devorlaridan biri. Devorlar o’z nomini qal’adan olgan Guverjinadani o’rab olish uchun mo’ljallangan va balandligi taxminan 3 metrni tashkil qiladi. Tarixiy va madaniy sayohatlarni yaxshi ko’radiganlar orolning ajoyib atmosferasida moziyga sayr qilishlari mumkin.
Efes xarobalari
Kushadasida bo’lgan bo’lsangiz, Saljuqiylar xarobalari ko’rmasdan ketmang, deymiz. Albatta, Efes xarobalari Izmirda, lekin ular Kushadasidan atigi 20 daqiqalik masofada joylashgan. 1994 yilda YuNESKO tomonidan “Jahon merosi ro’yxati”ga kiritilgan Efes 2015 yilda “Jahon merosi obidasi” sifatida ro’yxatga olingan. Amazonkalar deya nom berilgan ayol jangchilar tomonidan asos solingan shahar deb taxmin qilinadigan Qadimgi Efes shahri, Ellinistik va Rim Imperiyasi davrlarining eng ko’zni qamashtiruvchi joylaridan biri edi. Efes 200 ming aholiga ega eng yirik port shahri hisoblangan. Dunyoning yetti mo’jizasidan biri hisoblangan Artemida ibodatxonasi, Selsiy kutubxonasi, 24000 kishiga mo’ljallangan Efes antik teatri va Maryam ona uyi kabi dunyoga mashhur tarixiy obidalarni ziyorat qilishni unutmang.
Zevs g’ori
Dilek yarim oroliga kiraverishda joylashgan Zevs g’ori tog’lardan oqadigan sovuq suv bilan dengizning sho’r suvlari qorishishi natijasida hosil bo’lgan tabiiy mineral suvga ega. Taxminan 4 metr chuqurlikka sho’ng’iganingizda suvi va shifobaxsh loyiga yetishingiz mumkin bo’lgan Zevs tabiiy hovuzida suzish orqali hayotingizdagi eng rang-barang ta’tillardan birini boshdan kechirishingiz mumkin. G’orga har yili minglab mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurishadi, shuningdek, g’orning o’ng va chap tomonidagi daraxtlarga tilaklar aytiladi, mato parchalari osiladi, shuning uchun yarimorolning nomi Dilek (ya’ni tilak) dir.