Runi: «Ronaldu avvalgidek emas, «MYu»ga ko'proq yoshlar kerak»

«Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi «qizil iblislar» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o’z fikrini bildirib o’tdi.

«Hozirda ushbu transferni xato bo’lgan deb o’ylamayman. Krishtianu mavsum boshida Chempionlar ligasida muhim gollarni urdi, «Tottenxem»ga qarshi o’yinda «xet-trik»ni rasmiylashtirdi.

Agar klub kelajakni o’ylamoqchi bo’lsa, unda e’tiborni yoshlarga qaratishi lozim. Chanqoq yoshlar «Manchester Yunayted»ni keyingi 2-3 yilda yuqoriga ko’taradi. Tabiiyki, Krishtianu avvalgidek emas. Bu futbol qonuniyati.

Albatta, Ronaldu gol urishga qodir, ammo jamoaga ko’proq yoshlar kerak», – dedi Runi.

Ma’lumot o’rnida. Ronaldu Angliya chempionatining joriy mavsumida 24ta o’yinda ishtirok etib, 12 gol va 3 assist muallifiga aylandi.