«Barselona» «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskiga yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin bo’lgan ikki yillik shartnoma taklif qildi, deb xabar bermoqda Diario AS.
Oldinroq Kataloniya klubi «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bilan muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shu tariqa, Levandovski «Barselona» tomonidan eng tejamkor va ishonchli variant sifatida ko’rilmoqda. Ular polshalik futbolchi uchun 2024 yilning yoziga qadar ikki yilga shartnoma taklif qilishdi. «Ko’k-anorranglilar» uni yana o’n ikki oyga uzaytirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Tomonlar yaqin haftalarda kelishuvga erisha oladimi yoki yo’qmi, bu hali aniq emas. Ushbu kelishuv «Bavariya»ning o’z futbolchisi uchun so’ragan tovon puliga bog’liq bo’lishi mumkin.