Ronalduni «Marsel»ga chorlashmoqda

«Liverpul» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jibril Sisse «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduni «Marsel» safiga qo’shilishga undadi. Bu haqda fransiyalik sobiq futbolchi o’zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

«Krishtianu, kel, do’stim. Men sizga g’amxo’rlik qilaman. #RonaldOM”, – deb post qoldirdi Sisse.

Avvalroq “Marsel” muxlislari #RonaldOM xeshtegini tarqatish orqali Ronalduni o’z klublariga qo’shilishga chaqirib, ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy aksiya uyushtirgan edi.