Junda yoki Alibey oroli ma’muriy jihatdan Balikesir viloyatining Ayvalik tumaniga qarashli orol bo’lib, sayyohlar orasida betakror tabiati, tarixiy binolari va mazali baliqlar tayyorlanadigan restoranlari bilan tanilgan.
Junda oroli Ayvalik ko’rfazidagi Ayvalik orollari deb ataladigan 22 ta katta-kichik orollar orasida turar joy sifatida aholining joylashishi uchun ruhsat berilgan yagona orol hisoblanadi.
Bu Turkiyaning Egey dengizidagi eng katta orollari orasida mos ravishda Go’kcheada, Bozjaada va Uzunadadan keyin 4-o’rinda turadi. Joylashuviga ko’ra G’arbiy Anadoludagi dengiz yo’llari kesishmasida joylashgan oroldir.
Junda oroli, Piri Raisning “Kitob-i Bahriya” asarida Yunta orollari sifatida tilga olingan bo’lib, ba’zi ma’lumotlariga ko’ra, Yunta, yunoncha yovvoyi ot degan ma’noni anglatadi. 1922-yildan keyin orolga Milliy kuchlar qo’mondonlaridan biri bo’lgan Ali Chetinkaya sharafiga Alibey nomi berilgan.
Oroldagi restoranlarda «Sizda papalina bormi?» deb so’rashni unutmang. Papalina, Jundaning maxsus balig’i bo’lib, haliga qadar eski usulda pishiriladi. Bugungi kunda uni har bir restoranda topish mumkin emas. Egey dengizidagi boshqa restoranlarda bo’lgani kabi, baliqni muzlatgichda ko’rib tanlang va narxini oldindan kelishib oling. Sizda mijozlar soniga qarab hamyonbop narxlarda kelishish imkoniyati mavjud.
Gretsiya bilan bo’lib o’tgan o’zaro aholi almashinuvi davrida yunonlar orolni tark etgach, orolga Kritdan kelgan turklar joylashtirilgan. Turklar joylashgandan keyin ham orol markaziga o’zgarishlar kiritilmagan.
Toshdan qurilgan ikki-uch qavatli uylar, tor ko’chalar va yorongullar uylarga alohida ko’rk baxsh etadi. Tosh yotqizilgan yo’llar ustida yurganingizda har bir qadamingiz sizni moziyga qaytaradi. Orol bo’ylab sayr etarkansiz, eshiklar, derazalar va eshik tutqichlarida siz nozik hunarmandchilik namunalarini ko’rishingiz mumkin.
Oroldagi eng go’zal mavsum esa bahor oylariga to’g’ri keladi. Bu go’zal faslda, albatta, Chamli monastirini ko’rishingiz kerak. U o’ziga xos ko’rinishga bo’lib, bir tarafi Edremit ko’rfaziga, ikkinchi tarafi Lesbosga qadar cho’zilgan. Qarshingizda esa Paterisa, Maden oroli va sokin tabiat…
Bu orolda yoz oylari bayramona o’tadi. Kunduzi uning kichik ko’rfazlari o’z mehmonlarini bag’riga oladi. Charchoq chiqdi uchun Tash Kahvega orol ixlosmandlari tez-tez tashrif buyuradilar.
Kunning oxirgi chiroqlari dengizga tusha boshlaganda, dengiz bo’yidagi restoranlarda qizg’in suhbatlar ostida kechki ovqat tannovul qilinadi. Kechki ovqatda bo’lishi kerak bo’lgan eng muhim taom – baliq. Bu yerdagi baliqning ta’mini hech qaerdan topa olmaysiz.
Oroldan qaytishingizda zaytun moyi sotib olishni unutmang. Boshqa yerdan bunday tabiiy va sifatli zaytun moyi topish amrimahol.
Ishonchimiz komilki, bu orol sizda o’chmas xotiralar va yorqin suratlar ila yodingizda qoladi.