Astronomlar koinotdagi eng katta yulduzning vaznini aniqladi

Astronomlar guruhi koinotdagi eng katta yulduzning vazni qancha ekanini aniqladi. Bu haqda «Phys.org» xabar berdi.

Buni aniqlash uchun eng yirik «R136a1» yulduzini o’rganish boshlangan. U Katta Magellan bulutida (Somon yo’lining eng katta sun’iy yo’ldosh galaktikasi) joylashgan bo’lib, taxminan 150-200 quyosh massasiga teng. Samoviy jism Yerdan taxminan 150 ming yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.

Kashfiyot «Gemini» observatoriyasi teleskopi yordamida amalga oshirilgan. Aynan uning yordami bilan olimlar klasterning hozirgi kungacha eng aniq tasvirlarini olgan.

Ma’lum qilinishicha, kuzatishlar natijasi hech bo’lmaganda eng katta yulduzlar massasining yuqori chegarasini aniqlashda yordam beradi. Bu, o’z navbatida, ularning shakllanish mexanizmlarini tushunish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.