“Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kanar orollari arxipelagidagi Palma orolida vulqon otilishi jabrdiydalari uchun mablag’ yig’ish maqsadida o’z formasini kimoshdi savdosiga qo’ydi, deb xabar bermoqda The Sun.
Manbaga ko’ra, auksion 24 dekabrda boshlanadi. Ronaldu futbolkaga o’z dastxatini qo’yib, shunday deb yozgan: «Vulqonning kuchi ham Palma bilan tenglasha olmaydi. Men go’zal orolni qo’llab-quvvatlayman».
Joriy mavsumda 36 yoshli Ronaldu barcha turnirlarda 19 ta o’yin o’tkazib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izohlarni ko`rish