«Mening daromadim faqat oylik maoshdan iborat emas», — deydi boshlovchi
Teleboshlovchi, jurnalist Amirxon Umarov YouTube’dagi «Subyektiv» loyihasiga bergan intervyusida bir oylik daromadi haqida gapirdi.
Uning so’zlariga ko’ra, daromati faqat oylikdan iborat emas. Teleboshlovchi telekanaldan oladigan daromadi 3 million so’m atrofida ekanini aytdi. Amirxon Umarovning o’zining shaxsiy production’i bor. Unda 10 dan ortiq loyihalar qiladi. Ulardan ba’zilarining reytingi unchalik baland emas. Reytingi baland loyihalar esa qolganlarini qoplashi mumkin.
«Mening daromadim faqat oylik maoshdan iborat emas, ya’ni kompaniyalar bilan ham ishlayman. Qo’shimcha daromadlarim bor. Katta ishda ishlaydigan odamlar oyligini so’rasangiz, ‘3 million so’m’, deydi. Mening oyligim qaysidir ma’noda shu atrofda, lekin qo’shimcha daromadlarim bor. Chunki bitta joyda ishlamayman. Ishim juda ko’p. Production o’zimniki bo’lgani uchun katta pul aylanishi mumkin. Lekin hamma pul mening cho’ntagimga bo’ladi deganimas. Misol uchun, o’nta loyiham bo’lsa, bittasi qolganini qoplashi mumkin. Chunki ularning reytingi juda yuqori emas yoki homiylar jalb qilinmagan. Jamoamda yuzga yaqin odam ishlaydi. ‘Amirxon Umarov shousi’, ‘Reportyor’, ‘Muzqaymoq party’, ‘Jiddiy bolalar’, ‘Qafasdagi go’zallik’, ‘Mendirman’ va yangi reality-shou, ‘Aqlvoy’ga yangi loyiha, maktab haqida yangi ko’rsatuv qilyapmiz. Undan tashqari, ikkita serial ham bor», — deydi boshlovchi.