Ana bizning «shedriy» o'zbek!

Rossiyalik reper Morgenshtern o’zining yangi klipida o’zbekistonlik tadbirkor Ulug’bek Maxsumov tomonidan sovg’a qilingan zirhli mashinani namoyish qildi.

Tadbirkor Morgenshtern hamda uning rafiqasi Dilara Zinatullinaga INKAS APC TITAN-D rusumli avtomobil sovg’a qilgan. Mashinaning narxi 400 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.

Morgenshternning yangi klipida Ulug’bek Maxsumovning o’zi ham ko’rinish bergan.