“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”dagi muvaffaqiyatsizliklarini esladi.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmini «Manchester Yunayted»da o’tkazdi, u kamdan-kam hollarda asosiy tarkibga tushdi va muntazam ravishda shov-shuvli voqealar sababchisi bo’ldi. Natijada shartnoma bekor qilindi, ko’p o’tmay 38 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tdi.
“Faoliyatimda halokatli bosqichni boshdan kechirdim va buni tan olishda muammo yo’q. Lekin hayot davom etmoqda. Ba’zida siz tepada bo’lganingizda, pastda nima bo’layotganini ko’rmaysiz», – deya Ronaldu so’zlaridan iqtibos keltirgan insayder Fabritsio Romano.
Izohlarni ko`rish