“O’zbekistonda seysmik qo’zg’alish ko’p jihatdan Hindiston va Yevroosiyo plitalarining o’zaro ta’siriga bog’liq. Mazkur plitalarning seysmik tutashuvi Afg’onistonda joylashgan bo’lib, u yerda chuqur fokusli zilzilalar (130 kmdan chuqurlikda) tez-tez uchraydi.
O’zbekistonda mazkur seysmik faollikning aks sadolari yetib keladi. Soat 21:47 da kuzatilgan zilzila ham shular jumlasidan”, – deydi gidrometeorolog Erkin Abdulahatov.
Kechagi zilzila oqibatida Afg’onistonda 9 kishi, Pokistonda 2 kishi halok bo’ldi.
Shuningdek, yana 44 kishi jarohatlangan. Zilzila kuchi O’zbekistondan tashqari, yana qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda ham sezildi.
Izohlarni ko`rish