«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomasini bekor qilmoqchi ekanligini aytdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko’ra, Ronaldu Angliyaga qaytib, Chempionlar ligasida o’ynaydigan jamoa topish uchun shartnomani bekor qilish istagi borligini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” futbolchini qo’yib yuborishni istamayapti, portugaliyalik futbolchiga qiziqayotgan jamoalardan esa hech qanday so’rov bo’lmagan.
Avvalroq mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchini qolishga ishontirmoqchi bo’lgani, ammo u bunga erisha olmagani haqida xabar berilgandi.
O’tgan mavsumda Ronaldu jamoa safida barcha musobaqalarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo’ljallangan.