Ronalduning xizmati A Seriyaning yana bir klubiga tavsiya qilindi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh Italiyaning top-klublaridan biriga futbolchining xizmatlarini taklif qildi. Football Italia nashri xabariga ko’ra, futbolchini «Napoli» taklif qilgan.

Ayni damda neapolliklar hujumni kuchaytirish niyatida. Lorenso Insinye o’rniga Xvicha Kvarasxeliya keldi, ammo jamoani tark etgan Dris Mertensning o’rnini hali hech kim egallagani yo’q. Muammo Ronalduning maoshida bo’lishi mumkin, ammo futbolchi uni 30 foizga kamaytirishga tayyor.

Oldinroq Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan shartnomani bekor qilish istagini bildirgandi. Portugaliyalik futbolchi jamoani tark etib, Chempionlar ligasida o’ynaydigan klubga o’tishga qaror qilgan.