«Sharja» yarimhimoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Turk klubi matbuot xizmati o’zbekistonlik 26 yoshli futbolchi transferini rasman e’lon qildi.
Avvalroq «Fotih Karagyumruk» bosh murabbiyligiga «Yuventus»ning sobiq yarimhimoyachisi va murabbiyi Andrea Pirlo tayinlangandi. Jamoa o’tgan mavsumda Turkiya Superligasida 8-pog’onani egallagandi.
Izohlarni ko`rish