«Nant» darvozaboni Alban Lafont «PSJ» futbolchilari Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar bilan bo’lgan qarama-qarshilik haqida gapirdi.
«Bu futbolchilarni to’xtatish qiyin. Ulardan eng kuchlisini ajratib ko’rsata olmayman. Uchalasi ham dunyoning eng zo’r o’yinchilari, shu sabab men ulardan qaysi zo’r ekanligini ayta olmayman. Ammo men uchun Mbappe bilan kurashish juda qiyin, chunki unga qarshi ko’p o’ynaganim. Ammo bu faqat shaxsiy fikr», – deya futbolchining so’zlarini keltiradi Marca.
Ma’lumot o’rnida, «Nant» — «PSJ» uchrashuvi 3:1 hisobida yakunlangan.
Parij klubi ayni paytda 62 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishda davom etmoqda. «Nant» esa o’z 42 ochko bilan oltinchi o’rinda bormoqda.