«PSJ» hujumchisi Neymar jamoada qoladi, deya xabar beradi Goal.com.
29 yoshli braziliyalik futbolchi bor e’tiborini 2022 yilda Qatarda bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rishga qaratgan.
Neymar 2017 yilning avgustidan buyon parijliklar safida to’p tepadi va o’tgan mavsumda Parij safida 28 o’yinda 13 gol va 8 golga assistentlik qilgan.
1 iyul kuni 30 yoshli hujumchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha uzaytirildi. Transfermarkt.com portali 30 yoshli braziliyalik futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.
Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo’lib o’tadi.
Izohlarni ko`rish