GOAL nashri “oltin to’p–2022” uchun asosiy da’vogarlar ro’yxatini tuzib chiqdi.
Ayollar o’rtasida «Barselona» futbolchisi Aleksiya Putelyas Yevro-2022 oldidan tizzasidan jiddiy jarohat olgan va operatsiyadan keyin 12 oygacha maydonga tusha olmasligiga qaramay, mukofotga birinchi nomzod sifatida ko’rsatilgan. Putelyas «Oltin to’p»ning amaldagi g’olibi hisoblanadi.
Erkaklar o’rtasidagi reytingda birinchi o’rinni “Real” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema egalladi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, Sadio Mane (“Liverpul”/»Bavariya» va Senegal), Muhammad Saloh (“Liverpul” va Misr), Kilian Mbappe (“PSJ” va Fransiya) va Vinisius Junior (“Real Madrid” va Braziliya) kirdi.
Izohlarni ko`rish