Krishtianuga 250 million yevro maosh taklif qilishdi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduda faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variant bor – Saudiya Arabistoni klubiga o’tish, deb xabar bermoqda TVI va CNN Portugal.

Manbalarga ko’ra, nomi oshkor etilmagan arab klubi rahbarlaridan taklif quyidagicha: «Manchester Yunayted» uchun transfer uchun 30 million yevro, agentlar uchun komissiyalar uchun 20 million yevro va Ronalduning o’zi uchun 250 million yevro maosh ikki mavsumlik shartnoma (har yili uchun 125 million yevro).

Eslatib o’tamiz, 9 iyul kuni Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan Tailandga mavsumoldi turnega bormagani ma’lum bo’lgandi. Bungacha u ta’tildan so’ng bir nechta jamoaviy mashg’ulotlarni o’tkazib yuborgandi. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida Ronaldu unga klubni tark etish istagi haqida shaxsan aytmaganini ta’kidlab o’tdi va futbolchi uning rejalariga kiritilganini qo’shimcha qildi.