Saralash bosqichi reglamentiga ko’ra, oltita guruhda birinchi o’rinni qo’lga kiritgan jamoalar va eng yaxshi beshta ikkinchi o’rin egasi musobaqaga yo’llanmani qo’lga kiritadi.
4 ochkoga ega Filippin B guruhidagi so’nggi tur o’yinida Falastinga yutqazib qo’ydi (0:4). Shu tariqa bu guruhdagi eng yaxshi ikkinchi o’rin egasi maksimum 4 ochko bilan kifoyalanadigan bo’ldi.
Bundan kelib chiqadiki, olti ochko to’plagan barcha ikkinchi o’rin egalari, shu jumladan, C guruhidagi O’zbekiston va Tailand terma jamoalari Osiyo kubogiga yo’l oladi.
Bugun bo’lib o’tadigan O’zbekiston va Tailand terma jamoalari o’yini shunchaki rasmiyatchilik xususiyatiga ega bo’ladi.
Shuningdek, boshqa guruhdagi Qirg’iziston va Tojikiston ham Osiyo kubogiga yo’l olishgan.