Ronaldudan Marseloga iliq tilaklar

Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etgan Marselo haqida instagram orqali fikr bildirdi.

«U shunchaki jamoadosh emas, u menga futbolni sovg’a qilgan do’st. Marselo — maydonda ham, maydon tashqarisida ham buyuk yulduzlardan biri. Yangi sinovlarda omad tilayman, Marselo!» – deya yozdi «Manchester Yunayted» forvardi.

Ronaldu va Marselo 2009-2018 yillarda «Madrid» safida birga faoliyat yuritishgan.