Eldor Shomurodov ikkinchi bor ota bo'ldi

O’zbekiston terma jamoasi va Italiyaning «Roma» jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bugun ikkinchi marta otalik baxtiga musharraf bo’lgan.

Ma’lum bo’lishicha, bu Shomurodovning ikkinchi farzandi bo’lib, qiz boladir. Ayni paytda uning bir o’g’il va bir qizi bor.

11 iyun kuni Maldivga qarshi o’yinda Shomurodov xet-trik qayd etib, yirik hisobli g’alabaga katta hissa qo’shgandi.

Bugun esa 3-turda Tailandga qarshi maydonga tushishi kutilyapti