Shomurodovning turk klubiga transferi hali yopilmagan

Rimning «Roma» klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov yozda jamoani tark etishi mumkin.

Turkiyalik jurnalist Yakub Chinarning Twitter’da yozishicha, «Galatasaroy» hamon futbolchimizni o’z safiga qo’shib olishga harakat qilmoqda. Turk klubi «Roma»ning qarorini kutmoqda.

Avvalroq 27 yoshli Eldor mashg’ulotlarda o’zini ko’rsata olmagani uchun murabbiylar uni sotishga qarshi emasligi haqida xabarlar chiqqan edi. Transfermarkt portali «bo’rilar» bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo’ljallangan futbolchimizni 8 million yevroga baholamoqda.