O'n yetti nafar bokschimiz Osiyo chempionati finalida

“Universal” sport majmuasida boks bo’yicha 22 yoshgacha bo’lgan o’g’il-qizlar o’rtasidagi Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. Hozirga kelib barcha final ishtirokchilari ma’lum bo’ldi.

Qiziqarli va murosasiz saralash bellashuvlari yakunida 17 nafar vakilimiz finalda jang olib boradigan bo’ldi. Endi ular ertaga qit’a chempionligi uchun ringga ko’tarilishadi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan 3 nafar bokschimiz esa bronza medali bilan musobaqani yakunladi.

Finalchilar:

O’g’il bolalar:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Javlon Yo’ldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yo’ldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O’ktamova
-63 kg: Moxinabonu Abdullayeva

Bronza medali sohiblari:
-92 kg: Javoxir Tog’aymurodov
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova