Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari davomida koronavirus bilan bog'liq statistika e'lon qilindi

Ortda qolgan Pekin-2022 Olimpiya va Paralimpiya o’yinlari tashkiliy qo’mitasi har ikki musobaqa arafasida tadbirga aloqador barchadan olingan koronavirus testlari bo’yicha statistikani e’lon qildi.

Unga ko’ra, joriy yilning 23 yanvar – 13 mart sanalari oralig’ida 2 546 100 bora test olingan va ularning 463 tasi ijobiy natija ko’rsatgan.

Buni 4-20 fevral kunlari o’tgan Olimpiya o’yinlari kesimida tahlil qilinsa, 1.9 million test va 437 ta ijobiy ko’rsatkichga to’g’ri keladi.

4-13 mart sanalarida o’tgan Paralimpiya o’yinlarida taxminan 600 ming ta testning 26 tasidan ijobiy javob olingan.