Tarixiy Jumalikizik qishlog’i yaxshi saqlanganligi va Usmoniylar imperiyasining barpo etilishidagi ahamiyati tufayli 2014 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, bir so’z bilan aytganda, turk xalqi uchun muhim joy sanaladi.
Kiziklar kimlar?
Kizik — ko’chmanchi o’g’uz turklariga berilgan ism. Bu joy tor vodiyda bo’lgani uchun «kizik» so’zi shu yerdan olingan deyiladi. Lekin, aslida, bu yerda juda ko’p «kizik» nomi qo’shilgan turk qishloqlari borligini, tegirmoni ko’p bo’lganlarga Tegirmonlikizik, soy bo’yidagi qishloqqa Darakizik deb nom berilgan. Jumalikizik esa, o’z nomini atrofdagi qishloqlardan juma namoziga kelgan odamlardan olgan.
Tosh yotqizilgan tor ko’chalar bo’ylab binafsha, ko’k yoki sariq ranglarga bo’yalgan, yog’och va tosh uylarni ko’rib, qishloqning yaxshi saqlanib qolgan tabiatiga hayron qoladi kishi. Jumalikizikda, taxminan, 270 ta uy mavjud. Bu uylar odatda tosh, taxta va yog’ochdan qurilgan bo’lib, 2-3 qavatdan baland bo’lmagan bu rangorang binolarning derazalari dafna daraxtidan, eshik tutqichlari esa temirdan yasalgan.
To’g’ri to’rtburchak shakliga ega bo’lmagan ko’chalar tosh qoplamali, tor va trotuarsiz qurilgan. Mana shu uylar, ko’chalar va maydonlarning vaqt kapsulasidagi kabi saqlanib qolishi, uni 2000 yilda YuNESKO tomonidan Jahon merosi vaqtinchalik ro’yxatiga va 2014 yilda esa Jahon merosi ro’yxatiga kirishiga sabab bo’lgan. Bursa kabi katta shaharga juda yaqin bo’lsada, Jumalikizik asrlar davomida o’z shaklini yo’qotmagan tuzilishi bilan haqiqiy madaniy meros hisoblanadi.
Bu yerda “Xinoli qor” seriali suratga olinganligi tufayli Turkiyada allaqachon shuhrat qozongan qishloq shu tariqa xorijliklar tashrif buyuradigan maskanlardan biriga aylandi.
Bu qishloq fotografiya, arxitektura, Usmoniylar tarixiga, yoki shunchaki estetik joylarga qiziquvchilar tomonidan zavqlanadigan makondir. Tosh yotqizilgan tor ko’chalar bo’ylab binafsha, ko’k yoki sariq ranglarga bo’yalgan, yog’och va tosh uylarni ko’rib, qishloqning yaxshi saqlanib qolgan tabiatiga hayron qolmasdan iloji yo’q.
Tarixi 1300 yillarga borib taqaladigan qishloqda temir-beton binolar deyarli yo’q, barcha uylar asl ko’rinishida qayta tiklangan. Bu uylarda odatda, dafnali derazalari, ichki hovlilari bor va eng muhimi, ular bu hovlilarni restoran sifatida ishlatishadi.
Shubhasiz, nonushta taomlarining sifati boshqa yerlardan ko’ra yomonroq bo’lsada, deyarli har bir kishi o’z hovlisini nonushtaxonaga aylantirgan. Ammo Jumalikizikdagi nonushta qishloqning ajoyib tarixiy tuzilishi tufayli hali ham juda mashhur.
“Xinoli qor” suratga olingan uylarga tashrif buyuring
Jumalikizikni shu qadar mashhur qilgan “Xinoli qor” serialidir. Serial ta’siridan keyin o’sha uylarni ko’rish uchun kelganlar juda ko’p bo’lgan.
Bulanlar mehmonxonasi serial suratga olingan maskanlardan biri hisoblanadi. Mazkur mehmonxonada qolish yoki shunchaki nonushta yoki kechki ovqat qilish ham mumkin.
Malinani qishloq timsoli desak ham yolg’on bo’lmaydi. 17 marta uyushtirilgan festival oxirgi ikki yildan beri “Xalqaro Jumalikizik festivali” nomi bilan yuritiladi. U har yili iyun oyida o’tkaziladi va ko’plab taniqli rassomlar, raqs guruhlari va ko’ngilochar tadbirlar o’rin oladi.
Jumalikizik xalqi qishloq maydonida ochgan savdo rastalarida an’anaviy mahsulotlarni sotadi, uy bekalari esa yangi qo’lda tayyorlangan Jumalikizikdan olingan tabiiy meva va giyohlarni sotadilar.
Jumalikizikga sayohat qilmoqchi bo’lganingizda, qishloq maydonida birinchi Jumalikizik masjidi sizning oldingizda paydo bo’ladi. Qurilish sanasi va uni kim qurdirganligi haqida aniq ma’lumot bo’lmasada, bu saljuqiylar me’morchiligi ta’sirida qurilgan 300 yillik masjid ekanligi aytiladi. Uning yog’och ayvonlari, ustunlari va poytaklarida Usmoniylar me’morchiligi izlari bor.