«Messi «PSJ»ga moslashadi»

«PSJ» yarim himoyachisi Leandro Paredes hujumchi Lionel Messi haqida o’z fikrini bildirib o’tdi.

«Bir jamoada uzoq vaqt o’ynaganidan keyin yangi mamlakat, yangi jamoa, yangi jamoadoshlarga moslashish qiyin bo’ladi. Jahonning eng yaxshi futbolchisi bo’lgan Leo ham qiynaladi. Yangi jamoaga kelgan zahoti muvaffaqiyatga erishish oson emas. Ammo u Leo, u albatta vaziyatni o’zgartiradi va o’z darajasida o’ynaydi», – dedi Paredes.