«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 33-turi doirasida «Anjer»ga qarshi o’yinda (3:0) o’z hisobiga bitta gol yozdi.
Mazkur gol 23 yoshli futbolchi uchun parijliklar safida Liga-1 doirasidagi 113-gol bo’ldi. Mbappe ushbu ko’rsatkich bo’yicha «PSJ»ning sobiq forvardi Zlatan Ibrahimovich bilan tenglashib oldi.
Bunday natijani qayd etish uchun Mbappega 137ta o’yin kerak bo’lgan bo’lsa, shvetsiyalik futbolchiga 122ta bahs yetarli bo’lgan.
Bu borada «PSJ» rekordchisi Edinson Kavani hisoblanadi. Urugvaylik futbolchi Liga-1 bahslarida 138ta gol muallifiga aylangan.
Izohlarni ko`rish