Turkiyaga sayyohat qiling va uning yovvoyi tabiati, yuzlab qush turlari, mahalliy yovvoyi otlari, yo’qolib borayotgan dengiz toshbaqalari va rang-barang kapalaklarini ko’rib zavqlaning!
Qit’alar va dengizlar kesishgan Turkiyaning rang-barang geografiyasi, uning boy biologik xilma-xilligi, dengiz, tog’, ko’l, o’rmon, daryo va botqoqliklar tabiatni sevuvchi sayohatchilar uchun ajoyib imkoniyatlar taqdim etadi. Mamlakatning turli mintaqalaridagi yuzlab qush turlari, mahalliy yovvoyi otlar, yo’qolib borayotgan Karetta dengiz toshbaqalari va rang-barang kapalaklar tabiat ixlosmandlarini o’ziga chorlaydi.
Turkiyadagi qushlar dunyosi
Mamlakatda 488 ta qush turi mavjud bo’lib, bu qush turlarining soni butun Yevropadagi jami qush turlari soniga teng.
Qushsevarlar patli do’stlarini tabiat qo’ynida, maxsus qo’riqxonalarda va milliy parklarda ko’rib zavqlanishlari mumkin.
Manyas qushlar qo’riqxonasi milliy parkida pelikanlar, oqqushlar va o’rdaklar hamda ko’plab boshqa qushlar parvarishlanadi. Tabiati bilan ham ko’zni qamashtiruvchi bu go’zal qushlar qo’riqxonasi Yevropa Ittifoqi tomonidan «A toifali qushlar qo’riqxonasi diplomi» bilan taqdirlangan. Kayserining markazidan qariyb 70 kilometr uzoqlikda joylashgan va 300 ga yaqin qush va 400 ga yaqin o’simlik turiga ega Sultonsazlig’i milliy qo’riqxonasi turnalar va flamingolarni kuzatish uchun ajoyib joy hisoblanadi.
1989 yilda Xalqaro Qushlarni Himoya Kengashi tashabbusi bilan Turkiya “Qushlar uchun muhim hududlar” rejasiga kiritilgan ushbu loyiha doirasida Turkiya qushlarni himoya qilishdagi har qanday o’zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borish va himoya qilish bo’yicha faoliyat olib bormoqda.
Yovvoyi otlarni suratga oling
Kayseridan 15 daqiqalik uzoqlikda joylashgan Hurmetchi qishlog’i hududida yovvoyi holda yashovchi otlar har yili yuzlab ot shinavandalarini o’ziga jalb qiladi.
Yuzlab yovvoyi otlar guruh-guruh bo’lib bemalol yashaydigan bu qishloqda o’zingizni kinodagidek his qilasiz. Tabiat qo’ynida mustaqil yashaydigan bu otlar soatiga 100 kilometr tezlikda chopa oladi. Ular, ayniqsa, fotografiya ixlosmandlari uchun ajoyib manzaralarni taqdim etadi. Hurmetchi qishlog’iga tashrif buyurib tabiat go’zalliklariga oshno bo’lishni istagan sayohatchilar yovvoyi otlarning ko’zni qamashtiruvchi raqslariga guvoh bo’lishlari munkin.
Dengiz toshbaqalarining g’aroyib sayohatini tomosha qiling
Turkiyaning O’rta yer dengizi havzasidagi inson qadami tegmagan plyajlari Karetta dengiz toshbaqalarining makoni hisoblanadi.
Har yili minglab dengiz toshbaqalari tuxum qo’yish uchun O’rta yer dengizining Yumurtalik, Belek, Anamur, Ko’yjegiz va Dalyan qirg’oqlariga in quradilar.
Belek qirg’og’i Karetta toshbaqalari uchun Gretsiyadagi Zakintos orolidan keyin O’rta yer dengizidagi ikkinchi eng yirik tuxum qo’yadigan hudud hisoblanadi.
Har yili may va avgust oylari oralig’ida Turkiya qirg’oqlarida himoyasiz turlardan hisoblangan Karetta dengiz toshbaqasining hayratlanarli sarguzashtiga guvoh bo’lish mumkin.
Karetta toshbaqalarining tuxum qo’yish jarayonida atrof-muhit omillari ta’siridan zararlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun Turkiyadagi 20 dan ortiq plyaj tabiat qo’riqchilari tomonidan himoya qilinadi.
Ushbu himoyalangan plyajlar Belek, Patara, Go’ksu, Ko’yjeg’iz-Dalyan va Fethie-Go’jekda joylashgan. Karetta toshbaqalari uchun sevimli bo’lgan Dalyandagi Iztuzu plyaji, toshbaqalar tuxum qo’yish davrida insonlar uchun kechki soat 20:00 dan erlatabki soat 08:00 gacha yopiladi. Plyajda toshbaqalar uchun tuxum qo’yish bilan birga, jarohatlangan yoki kasal toshbaqalar davolanib, dengizga qo’yib yuboriladigan toshbaqalar kasalxonasi ham mavjud.
Rangli nafis kapalaklar afsuniga tayyor turing
Turkiyaning bir qator hududlari tabiat qo’ynida erkin yashovchi kapalaklarni tomosha qilishni sevuvchlari uchun ajoyib manzalarni tuhfa qiladi.
Har yili o’nlab yangi kapalak turlari kasf qilinadigan Turkiyaning yovvoyi tabiatida rang-barang naqshlari bilan maftun etadigan kunduzgi kapalaklar eng ko’p tarqalgan tur sifatida ajralib turadi.
Van, Hakkari va Artvin kapalaklarni tomosha qilish uchun ajoyib kuzatuv nuqtalarini taklif qiluvchi Turkiya viloyatlaridandir. Bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar nafis kapalaklarning mantunkor raqslarini tomosha qilishlari, kapalaklarga ergashib tabiat qo’ynida yo’qolib qolishlari ham mumkin.
Vanning ekstremal sport turlariga yaroqliligi, vulqon va tog’ tizmasi xususiyatlaridan tashqari fauna va flora bilan ilm olamining e’tiborini tortgan Artos tog’i kapalak populyatsiyasi jihatidan dunyodagi eng noyob hududlardan biri hisoblanadi.