Levandovski «Barselona» bilan shartnoma imzoladimi?

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Bu haqda TVP Sport xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, polshalik 33 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishgan. U La Liga grandi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Robert Levandovski Bundesliganing joriy mavsumida 29 o’yinda 32ta golga mualliflik qilgan.