Kanadaning Monreal universiteti olimlari o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida musiqiy asboblar chalish keksalar uchun foydali ekanligini isbotlab berishdi. Mutaxassislar bu ularning ruhiy va jismoniy salomatligi uchun foydali ekanligini ma’lum qilganlar.
Olimlar keksa yoshli odamlar salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi mashg’ulotlar qatorida musiqiy asboblar chalishni o’rganish, vaqti-vaqti bilan unda kuy chalib turishni ham aytib o’tishgan. Olimlarning ta’kidlashlaricha, ushbu mashg’ulot tanadagi qarish jarayonini sekinlashtiradi. Musiqa bilan shug’ullanuvchi odamlarda atrofdagi voqealarga taʼsir ko’rsatish tezligi yaxshiroq bo’ladi.
O’tkazilgan tadqiqotda 16 nafar musiqachi va avvallari musiqa bilan hech qachon shug’ullanmagan 19 nafar ko’ngilli ishtirok etgan. Olimlar musiqa bilan shug’ullanuvchi insonlarda ta’sir ko’rsatish tezligi baland ekanini qayd etganlar.
Mutaxassislar shuningdek, musiqa bilan shug’ullanish og’ir jarohatlardan keyin miyaning qayta tiklanishiga yordam berishini ham qayd etishgan.