«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning hayot tarzi «Barselona»ning ikki futbolchisi — Adama Traore va Ferrana Torresda havas uyg’otadi.
Shuning uchun ular portugaliyalik futbolchidan o’rnak olgan holda qo’shimcha mashg’ulotni yo’lga qo’yib olishgan. Adama dushanbadan payshanbagacha har kuni ikki mahaldan mashg’ulotda ishtirok etadi. Ya’ni bir mahal jamoaviy mashg’ulot, kunning ikkinchi yarmida esa jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgan individual mashqlarni bajaradi.
Mashg’ulotlardan tashqari, Adama dietaga ham jiddiy e’tibor qaratadi va kundalik taomini nazorat qilib boradi. Hattoki, Traore vegetarianlik ham o’tib ko’rgan, ammo yetarli kuch uchun bu kamlik qilgan.
Ferran Torres esa yaqinda o’z uyida trenajyor zalini qurdirdi. Endi u ham jismoniy holati ustida ko’proq ishlamoqda.