Xitoyning Pekin shahrida davom etayotgan qishki Olimpiada o’yinlarida qatnashayotgan sportchilar orasida birinchi ijobiy doping testi aniqlandi.
Xalqaro doping agentligi ma’lumotiga ko’ra, eronlik chang’ichi Husayn Savex-Shemshakiyning tashxisi ijobiy chiqqan. Eslatib o’tamiz, 36 yoshli chang’ichi Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimida Eron terma jamoasi bayroqdori bo’lgandi.
Xalqaro doping agentligi qaroriga binoan, eronlik sportchi nafaqat oq olimpiada o’yinlaridan, balki chang’i bo’yicha o’tadigan boshqa nufuzli musobaqalarda ishtirok etishdan vaqtincha mahrum etildi.
Izohlarni ko`rish