“Barselona” darvozasini himoya qilayotgan Mark-Andre ter Shtegen Yevropada eng ko’p zarba qaytarish bo’yicha birinchi o’rinda turibdi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, germaniyalik golkiper darvozasi sari yo’llangan zarbalarning 84,6 foizini bartaraf etgan.
Opta Sport portali reytingida ikkinchi o’rinni “Reyms” posboni Yevann Diuf egalladi. U darvozaga to’g’ri kelgan to’plarning 83,9 foizini qaytara olgan.
Kuchli beshlikdan Nik Poup (“Nyukasl”, 82,3%), Xeronimo Ruli (“Vilyarreal”, 82,1%; bu darvozabon yanvar oyi boshida “Ayaks”ga ko’chib o’tdi) va Kepa Arrisabalaga (“Chelsi”, 82%) qayd etildi.
Izohlarni ko`rish