“Roma” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib oldi. Endi Joze Mourino “roma” futbolchilari orasida o’ziga ma’qul kelgan o’yinchilarning shartnomasini uzaytirishga e’tibor qaratmoqda.
Birinchi navbatda, klub mutasaddilari 23 yoshli universal hujumchi Nikolo Dzanoloni yangi bitimga ko’ndirishi talab etiladi.
Italiyalik futbolchiga yozda “Yuventus” jiddiy hujum qildi. Qolaversa, Angliya premyer-ligasi grandlari ham Nikoloni o’z safiga qo’shib olish uchun kurash olib bordi.
“Roma”ning Dzanolo bilan amaldagi bitimi 2024 yilning yozida tugaydi. Futbolchini kelishuvni uzaytirishga ko’ndirmoqchi bo’layotgan klub rahbariyati hozirgi maoshini sezilarli darajada ko’tarmoqchi.
Rimliklar bir necha pozitsiyani yopa oladigan o’yinchiga har mavsum uchun 4,2 million yevro taklif qilmoqda. Aslida boshqa klublar ham unga bundan ko’p maosh berishi mumkin. Nikoloning o’zi Joze Mourino bilan mustahkam aloqalar borligi uchun yozda boshqa jamoalar taklifini qabul qilmaganini bildirgan.