Nodirbek Abdusattorov dunyoning TOP-30 shaxmatchilari qatoriga kirdi

FIDE sentyabr oyi uchun reytingini yangiladi. Unga ko’ra, Nodirbek Abdusattorov 2713 ochko bilan 30-o’rindan joy egallagan.

U o’tgan oydagi reytingda 64-o’rinda edi. Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Turkiya superligasidagi qimmatli ochkolar shaxmatchiga ilk marta 2700+ darajaga erishish imkonini bergan.

Shuningdek, O’zbekistondan yana 3 nafar shaxmatchi kuchli yuztalikdan o’rin olgan. Bular Rustam Qosimjonov 2670 ochko bilan 72-o’rinda, Nodirbek Yakubboyev 2656 ochko bilan 89-o’rinda, Javohir Sindorov 2651 ochko bilan 92-o’rinda bormoqda.