4 sentyabr kuni Buxoro viloyatida «O’zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi kubogining ommaviy yugurish musobaqasi va Save Aral-2022 xalqaro marafonining ikkinchi bosqichi o’tkazildi. Hududdagi eng yirik korxona – Buxoro neftni qayta ishlash zavodining («Buxoro NQIZ» MChJ) xodimlari, mahalliy sport birlashmalari va sog’lom turmush tarzi tarafdorlari ushbu tadbirda ishtirok etdi. Ommaviy yugurish musobaqasi Yengil atletika federatsiyasi va «O’zbekneftgaz» AJ tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Buxoro hokimiyati ko’magida tashkil etilgan.
Save Aral-2022 ommaviy yugurish musobaqalari kuzgi mavsumining xususiyati shundaki, u nafaqat aholini, balki professional hamjamiyatlarni ham ommaviy sport turlariga jalb qiladi. Ijtimoiy loyiha doirasida «O’zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi kubogi ham o’ynalayotgan bo’lib, u neft-gaz sohasining xodimlari uchun yugurishda eng yaxshi ko’rsatkichlar uchun kurashishlarida qo’shimcha rag’batlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
4 sentyabrda bo’lib o’tgan ommaviy yugurish musobaqasi Buxoro NQIZ yonidagi hududdan boshlanib, Qorovulbozor shahrida yakunlandi. 3500 ga yaqin ishtirokchi 3 km masofaga yugurishda o’z kuchini sinab ko’rdi. An’anaviy tarzda, Save Aral yillik ijtimoiy loyihasi doirasida Buxoro viloyatida o’tkaziladigan musobaqalar ikki yarim minggacha yuguruvchilarni jalb qiladi. Sport musobaqalari arafasida Buxoro NQIZ xodimlari daraxt ekish va shahar hududini Qorovulbozor tumanining maishiy chiqindilaridan tozalash bo’yicha ekologik aksiyada qatnashdi. Ekologik aksiyalar o’tkazilishi Save Aral ijtimoiy loyihasining asosiy maqsadlarini – ekologik xabardorlik darajasani oshirish va Orol dengizi tumanida atrof-muhitni himoya qilish masalalarini hal qilishga e’tibor qaratishni aks ettirishga aylandi.
Save Aral ijtimoiy loyihasini shuningdek «O’zbekneftgaz» AJ tarkibiy tuzilmalarida ishlayotgan xorijiy mutaxassislar ham qo’llab-quvvatladi. Ulardan bittasi, Iemke Stlin, Uzbekistan GTL zavodi ishtirokida Qashqadaryo viloyatida bo’lib o’tgan avvalgi ommaviy yugurish musobaqasining g’olibiga aylandi. Mintaqaviy OAV vakillari bilan suhbatda u o’zining vatanida, JAR hududida kuzatilayotgan bir qator ekologik muammolar – o’rmon daraxtlarini ommaviy kesib tashlash va o’sib kelayotgan aholi uchun ichimlik suvi yetishmovchiligi haqida gapirib berdi. «Bunday keng ko’lamli ijtimoiy aksiyalar o’tkazilishi insonlarni birlashtirish va atrof-muhit muhofazasi sohasida muhim tadbirlarga jalb qilish imkonini beradi», – deb ta’kidladi Iemke Stlin.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining jamoasi o’z faoliyatida ekologik komponentni faol ravishda joriy etib bormoqda va «Avtomobilsiz kun», «Butunjahon suv zahiralari kuni», «Butunjahon tozalik kuni» kabi xalqaro ekologik sanalarni o’tkazishga qo’shilmoqda. Save Aral Buxoro NQIZ uchun yangi loyiha bo’lib, bir vaqtning o’zida o’zida sport, ekologik va inklyuziv yo’nalishlarni birlashtiradi.
Save Aral-2022 ommaviy yugurish musobaqasining eng yaxshi natijalarni ko’rsatgan ishtirokchilari «O’zbekneftgaz» AJ, Yengil atletika federatsiyasi va Buxoro NQIZ rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Neftni qayta ishlash korxonasining xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari medallar bilan taqdirlandi. Imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilar uchun ham alohida nominatsiyalar belgilangan bo’lib, ularning ishtirok etishi Adliya vazirligi va volontyorlik tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.
Erkaklar orasida g’oliblar («O’zbekneftgaz» AJ tarkibiy bo’linmalarining xodimlari):
1. Musilmonov Sherali
2. Ergashev Doston
3. Elov Dilshod
Mahalliy aholi orasida erkaklar:
1.Bozorov Shaxriyor
2.Rajabov Ilxom
3.Jalolov Qobilbek
Ayollar orasida («O’zbekneftgaz» AJ tarkibiy bo’linmalarining xodimlari):
1.Baqoeva Xolida
2.Razoqova Muqaddas
3.Jo’rayeva Zulayxo
Mahalliy aholi orasida ayollar:
1.Muzaffarova Sabina
2.Ro’ziyeva Rayxona
3.Xaydarova Moxigul
Save Aral-2022 va «O’zbekneftgaz» AJ Boshqalar raisi kubogi birlashtirilgan ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi 6 sentyabrda, Navoiy viloyatining Nurota shahrida bo’lib o’tadi.