DXX Kubogiga qur'a tashlandi

DXX tashabbusi bilan 2021 yilda ilk bor respublikaning barcha tuman, shahar va viloyatlari kesimida uyushmagan, ishsiz hamda kam ta’minlangan yoshlar o’rtasida sportning mini-futbol turi bo’yicha DXX Raisi kubogi musobaqalari tashkil etilgandi. Unda 7779 ta jamoa kubok uchun kurashgandi. 2022 yilda esa turnirga katta futbol ham qo’shildi va ishtirokchi jamoalar soni 18629taga yetdi (mini-futbol – 9348ta va futbol 9281ta). Jami 241976 nafar yoshlar qamrab olindi.

Musobaqaning tuman va viloyat bosqichlari yakunlanib,  Toshkent shahri,   Qoraqalpog’iston  Respublikasi va har bir viloyatning g’olib jamoalari final bosqichiga yo’l olgan. 21 avgust kuni «Bunyodkor» stadionida turnirning hal qiluvchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

DXX Kubogiga qur'a tashlandi

Futbol bo’yicha final bosqichi qur’asi

A guruhi

-Paxta (Toshkent shahri)

-Yuksalish (Farg’ona)

-Do’stlik (Toshkent viloyati)

-Shodxurram (Xorazm)

V guruhi

-Keskanyor (Namangan)

-Turon (Jizzax)

-Tasmachi (Navoiy)

S guruhi

-Beshterak (Qashqadaryo)

-Poloson (Andijon)

-Elabad (Qoraqalpog’iston)

D guruhi

-Bog’iston (Sirdaryo)

-Changal 1 (Samarqand)

-Anorzor (Surxondaryo)

-Nurobod (Buxoro)

DXX Kubogiga qur'a tashlandi

Mini-futbol bo’yicha final bosqichi qur’asi

A guruhi

-Ullubog’ (Qoraqalpog’iston)

-Changaron (Buxoro)

-Oq ko’l (Xorazm)

-Ko’l (Andijon)

V guruhi

-Kattaqishloq (Jizzax)

-Bog’bonlar yurti (Surxondaryo)

-Jaloyir (Navoiy)

S guruhi

-Yangiobod (Sirdaryo)

-Samarqand (Qashqadaryo)

-Paxta (Toshkent shahri)

D guruhi

-Soy guzar (Samarqand)

-Uvak (Toshkent viloyati)

-Oqtepa (Farg’ona)

-Toshqo’rg’on (Namangan)

DXX Kubogiga qur'a tashlandiMa’lumot uchun, final bosqichi 22-26 avgust kunlari «Bunyodkor» akademiyasiga qarashli sun’iy qoplamali maydonlarda bo’lib o’tadi, futbol finali «Jar» stadionida o’tkaziladi.

Respublika bosqichida g’olib va sovrindor bo’lgan jamoalarning (1,2,3 va 4-o’rinlar) bir haftaga Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi «Shafran» tog’-kurort kompleksida  dam olishi tashkil etiladi.

Futbol va mini-futbol bo’yicha g’oliblar mahallasiga mini-futbol maydonlari, 2-o’ringa universal sport maydoni (basketbol va voleybol o’yinlari uchun mo’ljallangan), 3 va 4-o’rinlarni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko’cha basketboli) sport maydonlari qurib beriladi.