Maksim Zohidjonov,sog’lom hayot targ’ibotchisi:
-Kartoshka tarkibida polifenol, antioksidant xususiyatlarga ega organik birikmalar mavjud. Bu sabzavot terini xavfli quyosh nurlaridan himoya qiladi va ko’rinishini yaxshilaydi. Ko’z ostidagi dog’lar va qora halqachalarni yo’qotishga yordam beradi.
– Kartoshkani nafaqat iste’mol qilish, balki go’zallik muolajalarida ham qo’llash mumkin. Kartoshka sharbatida paxta namlanadi va yuz, bo’yinga surtiladi. Undan keyin yuzga namlantiruvchi krem surtiladi.
Ushbu protsedurani haftasiga 1-2 marta takrorlash mumkin. Faqat yangi kartoshkadan foydalanish kerak. Sharbatni qayta foydalanish uchun saqlamaslik lozim, uni tayyorlagandan keyin darhol foydalanish kerak.
«Sog’lom hayot»
Izohlarni ko`rish