Turinning “Yuventus” klubi matbuot xizmati argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning klubni tark etganini e’lon qildi. Forvard shartnomasi muddati tugagani sababli klubni tark etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali italiyalik grand argentinalikka minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tiladi.
Katta ehtimol bilan Dibala faoliyatini A Seriyada davom ettiradi. Milanning “Inter” klubi hujumchi uchun asosiy davogar sanaladi. Uning xizmatlariga «Milan» ham qiziqish bildirmoqda.
Izohlarni ko`rish