«PSJ»ning yangi rahbariyati yaqin vaqt ichida yulduz hujumchilar – Lionel Messi va Neymardan qutulishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Pedro Morataning so’zlariga ko’ra, klub sport direktori Luis Kampush va tez orada «PSJ»ni boshqaradigan murabbiy Kristof Galtye Lotin Amerikasi yulduzlariga joy topilmaydigan jamoani sezilarli darajada yangilamoqchi. Parij klubi Messi va Neymarni sotish juda qiyin bo’lishini tushunadi, ammo jamoada o’zgarishlar zarur.
Eslatib o’tamiz, Lionel Messi o’tgan yozda «Barselona»dan «PSJ»ga tekinga o’tgan edi. Parijliklar o’tgan mavsumda Liga 1da g’alaba qozonishgan, ammo Chempionlar ligasida yaxshi o’yin ko’rsata olishmagan.
Izohlarni ko`rish