Braziliya terma jamoasi Paragvayni 4:0 hisobida mag'lub etdi va o'zining yangi rekordini o'rnatdi

Kecha JCh-2022 saralash guruh bosqichining 16-tur uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda Braziliya terma jamoasi Paragvayni 4:0 hisobida mag’lub etdi.

Shu tariqa Braziliya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichidagi mag’lubiyatsiz seriyasini 32 taga yetkazib oldi va Janubiy Amerika jamoalari o’rtasida yangi rekord o’rnatdi.

Eslatib o’tamiz, Ispaniya terma jamoasi bu ko’rsatkich bo’yicha jahon rekordiga ega hisoblanadi. Ispanlar 1993 yildan 2021 yilgacha bo’lgan davrda jahon chempionati saralashida 66 o’yinda mag’lubiyatga uchramagan.

Ma’lumot o’rnida: Qatarda bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga saralash bosqichining 16 o’yinida Braziliya terma jamoasi 39 ochko jamg’arib, guruhda birinchi o’rinni egallab turibdi.