Bir necha kun oldin faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan sportchimiz «Salita» promoshns bilan kelishuvga erishgan ko’rinadi.
» «Salita» Instagram storisida #Tezkunda #Navbatdagijang hashteglari ostida va storis qo’ydi. Buni Ergashev o’zining storisiga joylab, endi shoshmay turinglar deb izoh qoldirdi.
Bu piarmidi? Aslo yo’q! Faoliyatini yakunlaganini e’lon qilmasidan avval bokschimiz «Salita»ga yarashish taklifi bilan chiqqan edi. Keyin esa Ergashev faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Demak, dastlab kompaniya yarashishga rozi bo’lmagan.
Bu yerdan ko’zlangan maqsad bokschimizga bosim o’tkazish va o’z yo’liga yurgizish, qisman jazo ham edi. Keyin esa Ergashev keskin qaror qildi. Bu qarordan «Salita»ning o’zi ham qo’rqib ketdi.Chunki hech kim mevaga kirgan daraxt, bunday noodatiy iste’dodli sportchisidan ayrilib qolishni istamaydi. Va katta ehtimol Shohjahon bilan bog’lanishgan.Xullas, nima bo’lganda ham jangchimiz deyarli qaytdi. Buyog’iga faqat omad tilaymiz!»