Pyer-Emerik Obameyang «Arsenal»ni tark etdi. Tomonlar o’zaro kelishuv asosida mehnat shartnomasini bekor qildilar.
Ingliz klubi matbuot xizmati gabonlik futbolchi bilan xayrlashdi: «G’alabali lahzalar, ajoyib mavsumlar, jamoa uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun tashakkur. Rahmat». Bunga javoban Obameyang yurak emojisini qoldirdi.
Pyer-Emerikning yangi klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi bo’ladi. Hujumchi allaqachon «ko’k-anorranglilar» lageriga yetib borgan va tibbiy ko’rikdan muvaffaqiyatli o’tgan. Tez orada kelishuv rasman e’lon qilinadi.
Izohlarni ko`rish