«Barselona» yana bir bor «Manchester Siti»ning 28 yoshli portugaliyalik hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva nomzodiga qaytdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, «Barselona» rahbariyati 35 yoshli ispaniyalik himoyachi Jerar Pike shu hafta oxirida klubdagi so’nggi o’yinini o’tkazishi ma’lum bo’lgach, Silvani taklif qilish g’oyasini qaytadan o’ylay boshlagan. Klub «ko’k-anorranglilar» Pikening maoshini tejab qolishi tufayli Bernardu Silva bilan shartnoma bo’yicha munosib shart-sharoitlarni taklif qilishini kutmoqda.
Shu bilan birga, «Manchester Siti»ning o’zi ham asosiy tarkibdagi muhim futbolchisini qo’yib yuborishga rozi bo’ladimi yoki yo’qmi, hozircha noaniq.
Bernardu Silva joriy mavsumda “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 19 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.