5 noyabr kuni Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo chempionatining erkaklar o’rtasida -51 kg vazn toifasida chorak final bahsi bo’lib o’tdi. Unda Hasanboy Do’stmatov butanlik Tenzin Dryungelga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g’alaba qozondi.
Shuningdek, -52 kg vaznli Feruza Kazakova mo’g’ulistonlik raqibasiga 2:3 hisobida yutqazib qo’ydi. -54 kg vazn toifasida Nigina O’ktamova Osiyo chempionatidagi ilk jangini tailandlik Jitpong Jutamasga qarshi o’tkazdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. -57 kg vazn toifasidagi Sitora Turdibekova chorak final jangini hindistonlik Pritiga qarshi o’tkazdi va mag’lubiyatga uchradi.
Izohlarni ko`rish