47 yoshini qarshilayotgan rekordchi sportchi Oksana Chusovitina yana butun dunyoni hayron qoldirib, 2024 yil Parijda o’tadigan olimpiadaga borishini aytgan.
1992-2020 yilgacha bo’lgan davrda 8 ta olimpiadada ishtirok etgan Chusovitina faoliyatini yanada yuqori cho’qqida yakunlashni istamoqda. Olimpiadalardan tashqari bir necha marta jahon kuboklarini ham qo’lga kiritgan.
Xususan, ayni paytda O’zbekiston chempionati bo’lib o’tyapti va Oksana o’z yo’nalishida g’olib chiqib, hali-beri unga teng keladigan sportchi yo’qligini isbotlagan. Shu yil sentyabrda Osiyo o’yinlari o’tkazilishi kerak edi, ammo Xitoydagi koronavirus pandemiyasi sababli noma’lum muddatga qoldirilgan.
«Men yaxshilab o’ylab ko’rdim va Osiyo o’yinlaridan keyin 2024 yil Parijdagi Olimpiadaga tayyorgarlikni boshlayman», degan sportchi.